Mbappe Fransiyani chorakfinalga olib chiqdi

1 daqiqa o'qish302
Mbappe Fransiyani chorakfinalga olib chiqdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Fransiya milliy jamoasi Jahon chempionati nimchorak final uchrashuvida Paragvayni minimal hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi.
  • Uchrashuv taqdirini 70-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan urgan yagona gol hal qildi.
  • Mazkur bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
  • Endi fransuzlar yarimfinal yo‘llanmasi uchun Marokash milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Jahon chempionati nimchorak finalining ikkinchi uchrashuvida Fransiya milliy jamoasi Paragvayni minimal hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv taqdirini Kilian Mbappening penaltidan urgan yagona gol hal qildi.

Bellashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Bir gol taqdirni hal qildi

Uchrashuv davomida har ikki jamoa ehtiyotkor futbol namoyish etdi. Fransiya to‘p nazoratida ustunlik qilgan bo‘lsa-da, Paragvay himoyasi uzoq vaqt raqib hujumlariga bardosh berdi.

70-daqiqada Fransiya penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. To‘p oldiga kelgan Kilian Mbappe imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Bu gol bellashuvda yagona bo‘lib qoldi — 0:1.

O‘zbekistonlik hakamlar muhim o‘yinni boshqardi

Mazkur nimchorak final bahsini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar boshqardi.

Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda hakamlar Fransiya futbolchilari Bredli Barkolya, Manu Kone va Maykl Olisega sariq kartochka ko‘rsatdi.

Fransiyaning keyingi raqibi — Marokash

Didye Desham boshchiligidagi Fransiya ushbu g‘alaba orqali Jahon chempionatining chorakfinaliga yo‘llanma oldi.

Endilikda amaldagi favoritlardan biri hisoblangan fransuzlar yarimfinal yo‘llanmasi uchun Marokash milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. 1/8 final

Paragvay — Fransiya 0:1

Gol: Mbappe, 70-daqiqa — penaltidan.

Paragvay: Xil, Velaskes, Alderete (Kanale, 58), Kaseres, Alonso, G. Gomes (Maurisio, 71), D. Gomes, Almiron (Avalos, 71), Kubas, Galarsa, Ensiso (Kabalero, 61).

Fransiya: Menyan, Din, Upamekano, Kunde, Saliba, Kone, Rabio, Dembele (Sherki, 84), Mbappe, Olise, Barkolya (Due, 61).

Ogohlantirishlar: Barkolya — 19, Kone — 81, Olise — 90+7.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?