Javohir Sindarov AQSHdagi Grand Chess Tour'da 2-o‘rinni egalladi!

1 daqiqa o'qish189
Javohir Sindarov AQSHdagi Grand Chess Tour'da 2-o‘rinni egalladi!
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Javohir Sindarov AQSHning Sent-Luis shahrida o'tkazilgan Grand Chess Tour turnirida 22 ochko bilan 2-o'rinni egalladi.
  • Chempionlik uchun so'nggi partiyada u hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan durang o'ynadi, Praggnanandha esa 23,5 ochko bilan 1-o'rinni oldi.
  • AQSH vakili Uesli So 20,5 ochko bilan 3-o'rinni egalladi.
  • Javohir Sindarov 2-o'rin uchun $40 000 mukofot puli bilan taqdirlandi.

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha dunyoning eng kuchli 10 nafar grossmeysteri ishtirokida kechgan nufuzli Grand Chess Tour seriyasining navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Mukofot jamg‘armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etgan turnirda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida shaxmatchilar blits (tezkor shaxmat) yo‘nalishi bo‘yicha yana 9 ta turda o‘zaro dona surishdi.

Chempionlik final partiyasida hal bo‘ldi

Musobaqaning bosh sovrini uchun kurash so‘nggi daqiqalargacha keskin kechdi. Turnir davomida peshqadamlikni saqlab kelgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha va undan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turgan Javohir Sindarov o‘rtasidagi so‘nggi partiya chempionlik nomini aniqlab berdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda durang natija qayd etildi:

  • 1-o‘rin: Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston) — 23,5 ochko

  • 2-o‘rin: Javohir Sindarov (O‘zbekiston) — 22 ochko (sof 2-o‘rin)

  • 3-o‘rin: Uesli So (AQSH) — 20,5 ochko

Javohir Sindarov AQSHdagi Grand Chess Tour'da 2-o‘rinni egalladi!

Mukofot pullari qanday taqsimlandi?

Turnir yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha mukofotlandi:

Shaxmatchi

Mamlakat

Egallagan o‘rni

Mukofot puli ($)

Rameshbabu Praggnanandha

Hindiston

1-o‘rin

$50 000

Javohir Sindarov

O‘zbekiston

2-o‘rin

$40 000

Uesli So

AQSH

3-o‘rin

$30 000

Evonder Liang

AQSH

10-o‘rin

$7 000

Javohir Sindarov AQSHdagi Grand Chess Tour'da 2-o‘rinni egalladi!

Eng kuchli 10 talik: Turnirda kimlar ishtirok etdi?

Sent-Luisdagi turnirda dunyoning eng sara shaxmatchilari jamlandi: Javohir Sindarov (O‘zbekiston), Fabiano Karuano, Levon Aronyan, Uesli So, Lenyer Dominges, Evonder Liang (barchasi AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Anish Giri, Yorden van Forest (Niderlandiya) va Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston).

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?