O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi boks bo‘yicha Jahon chempionatiga qanday tarkibda bordi?

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi boks bo‘yicha Jahon chempionatiga qanday tarkibda bordi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Chernogoriyaning Budva shahrida bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etadi.
  • O‘g‘il bolalar 10 ta, qizlar esa 8 ta vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
  • Jamoalar Kubalik mutaxassis Xulio Li Echavarria boshchiligidagi murabbiylar shtabi hamda boshqa tajribali murabbiylar qo‘l ostida musobaqaga tayyorgarlik ko‘rdi.

Shu yilning 15–27 oktyabr kunlari Chernogoriyaning go‘zal Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi nufuzli Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng kuchli yosh charm qo‘lqop ustalari jamlanadigan ushbu global turnirda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham to‘liq va kuchli tarkib bilan ishtirok etadi.

O‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari dunyo birinchiligining bosh sovrinlari hamda medallari uchun ringga ko‘tariladi. Terma jamoa murabbiylar shtabi mas’uliyatli musobaqa uchun eng sara o‘g‘il-qizlarni saralab oldi.

O‘g‘il bolalar terma jamoasi (10 ta vazn toifasida)

Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan yigitlar va ularning vazn toifalari:

  • -50 kg: Amirjon Suponov

  • -55 kg: Elyor Rustamov

  • -60 kg: Muhammadrizo Ukimov

  • -65 kg: Jahongir Zayniddinov

  • -70 kg: Zulfiqor Adhamjonov

  • -75 kg: Suhrob Rahmatullayev

  • -80 kg: Abrorbek Sharipov

  • -85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jayev

  • -90 kg: Asadbek Sultanboyev

  • +90 kg: Islam Salixov

Murabbiylar shtabi: Kubalik tajribali mutaxassis Xulio Li Echavarria boshchiligidagi murabbiylar guruhi — Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To‘raboyev hamda Ikromjon Xodjayev yosh charm qo‘lqop ustalarimizning janglariga boshchilik qiladi.

Qizlar terma jamoasi (8 ta vazn toifasida)

Ayollar boksida yurtimiz sharafini quyidagi iste’dodli sportchilarimiz himoya qiladi:

  • -48 kg: Muxtasar Aliyeva

  • -51 kg: Nazokat Mardonova

  • -54 kg: Shodiyona Meliqo‘ziyeva

  • -57 kg: Robiya Ravshanova

  • -60 kg: Sevara Mamatova

  • -65 kg: Aselya Tulegenova

  • -70 kg: Maftuna Yangiyeva

  • -75 kg: Samira Turg‘unova

Qizlar terma jamoasi murabbiylari: Temur Axbayev, Eldor Holmatov, Nodirjon Irgashev hamda Furqatjon Mamatov.

Tashkiliy va tibbiy ta’minot

Terma jamoaning Budva shahridagi musobaqa davomida to‘liq funksional va tashkiliy tayyorgarligi uchun quyidagi mutaxassislar mas’ul etib belgilangan:

  • Jamoa menejeri: Muxtasar Abdumalikova;

  • Shifokor: Mahmud Yunusov.

O‘zbek boksining kelajagi sanalgan ushbu yoshlar Chernogoriya ringlarida Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib, umumjamoa hisobida yetakchi o‘rinlarni egallash uchun qizg‘in bahslarga kirishadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar