Hollivud aktyori Uill Smit JCh-2018 madhiyasini kuylaydi

Hollivud aktyori Uill Smit JCh-2018 madhiyasini kuylaydi
Mashhur Hollivud aktyori va musiqachi Uill Smit Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionati rasmiy madhiyasining prodyuseri va ijrochisi bo‘ladi, deb xabar beradi Kun nashri.

U bilan birga madhiyani yaratishda ashulachi Niki Jem va albaniyalik qo‘shiqchi ayol Era Istrefi ham ishtirok etadi. Madhiya musiqasini mashhur prodyuser Diplo bastalaydi.

Uill Smit instagram sahifasiga JCh-2018 rasmiy to‘pi suratini joylashtirdi va «Niki Jem – Diplo – Era Istrefi – Uill Smit. Yo‘limiz birlashdi. Endi hayotdan zavq olaylik» - deb yozdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar