09:27 / 19.07.2018
3 524

No‘’mon Hasanovni xursand etgan narsa nima?

No‘’mon Hasanovni xursand etgan narsa nima?
Pepsi Superliga 17-turidan olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov va klub yetakchisi, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Quvondiq Ro‘ziyevlar ishtirok etishdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda.

No‘’mon Hasanov: - Bugungi o‘yin chiroyli va tomoshabop bo‘ldi. O‘yindan zavq oldim. Katta tashabbusga ega bo‘ldik. O‘yinimiz borgan sari ochilib borayotgani meni xursand qilmoqda. Bugun mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazdik. Ayniqsa futbolchilarimning 1-taymdagi harakatlari menga ko‘proq yoqdi. Tanaffusda ham shunday tempda o‘ynashni davom ettirish haqida ko‘rsatma berdim.

Jasur Xakimovni anchadan beri bilaman. U ancha harakatchan, yaxshi ochiladi va hujumda katta hajmdagi ishlarni bajaradi. Jasur hali to‘liq o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. O‘ylaymanki uning eng yaxshi o‘yinlari oldinda.

Keyingi tur “Nasaf”ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Futbolchilarga dam bermaymiz, ertadan boshlaboq tayyorgarlikni boshlaymiz. Qarshidan ham yaxshi natija bilan qaytish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Quvondiq Ro‘ziyev: Avvalambor stadionda bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman. Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo‘ldik. Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yanada yirik bo‘lishi mumkin edi. Murabbiymiz aytganidek o‘yinimiz ochilib bormoqda. Keyingi o‘yinlarda ham muxlislarimizni xursand qiladigan natijalarni qayd etishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanovni xursand etgan narsa nima?