Superliganing 21-turida AGMK klubi safarda «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘lishdi va 1:3 hisobida g‘alaba qozonib 3 ochko bilan qaytishmoqda. Baxtiyor Ashurmatov jamoaning tizginini mustahkam qo‘liga olgani sezilmoqda.
Uchrashuvning 23-daqiqasida Zohir Pirimov hisobni ochdi. Shu tariqa birinchi bo‘lim yakuniga yetdi. Ikkinchi bo‘limning boshida esa Muzaffarov jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab hisobni oshirdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib Jasur Xasanov oradagi farqni yiriklashtirdi. Yagona javob to‘pini mezbonlar penaltidan Nikola Milinkovich aniq amalga oshirdi.
"So‘g‘diyona" - AGMK 1:3
Gollar: Zohir Pirimov 30, - 0:1. Muzaffar Muzaffarov 51, - 0:2. Jasur Hasanov 65, - 0:3 (Zohir Pirimov). Nikola Milinkovich 77 penalti, - 1:3 (Shohruz Norxonov).
"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Tohir Shamsiddinov, Sanjar Rashidov, Izzatilla Abdullayev, Sernas Darvidas (Shohruz Norxonov 46), Kim Dong Xi (Sardor Azimov, 37), Milash Simonovich, Nikola Milinkovich, Ixtiyor Toshpo‘latov (Oybek Nurmatov, 59).
AGMK: Roman Abdulov, Abduqahhor Hojiakbarov, Azamat Isroilov, Muzaffar Muzaffarov (G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 80), Zafar Polvonov (Milosh Trifunovich, 46) (Abdumalik Abdullayev, 85), Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev, Zohir Pirimov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kosminin, Yovan Jokich.
Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘rayev 44, Sardor Qulmatov 55, G‘ulom Haydar G‘ulomov 81
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi