Bugun 18 avgust kuni Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Toshkent vaqti bilan soat 16:08da boshlanadigan ochilish marosimini SPORT telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlariga bog‘liq qiziqarli raqamlar:
-Musobaqada 40ta sport turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi;
-Sportchilar 67ta yo‘nalishda bahslarga kirishadilar;
-465ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi;
-O‘yinlarni 5000 nafardan ziyod ommaviy axborot vositalari bevosita voqea joyidan yoritib boradilar;
-15000 nafarga yaqin sportchi va rasmiy shahslar musobaqada ishtirok etadilar;
-13000 nafardan ziyod ko‘ngillilar mehmonlarga o‘zlarining beminnat yordamlarini ko‘rsatadilar;
-Osiyo o‘yinlari ilk marotaba ikki shaharda (Jakarta va Palembang) o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar