
Teng kurashlar ostida kechgan birinchi boʻlim oxirida Ismoilov burchakdan uzatilgan toʻpni boshi bilan darvozaga aniq yoʻlladi. 65-daqiqada esa Sayfiyev raqibiga umuman tegmagan holatda belgilangan jarima zarbasidan keyin Bikmayev gol muallifiga aylandi. 69-daqiqada Sayfiyev toʻp kiritib, hisobni qisqartirdi. Shundan soʻng koʻplab vaziyatlardan foydalana olmagan jamoamizni qarshi hujumda Mirzayev aniq zarbasi bilan jazoladi. Shu tariqa muhim bellashuvda “Paxtakor” magʻlubiyatga uchradi.
“PAXTAKOR” - “LOKOMOTIV” - 1:3 (0:1)
20 oktyabr. “Paxtakor” stadioni. 11300 tomoshabin.
Hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent).
“Paxtakor”: Suyunov, Sayfiyev, Krimes, Simich, Shorahmedov, Rahmatullayev (Kozak, 64), Ahmedov (Sergeyev, 55), Masharipov (Yaxshiboyev, 84), Cheran, Gonsalvesh, Bezerra.
“Lokomotiv”: Nesterov, Zoteyev, Toʻxtaxoʻjayev, Ismoilov, Muhammadiyev, Abdullayev (Maxaradze, 73), Aliboyev, Shoahmedov, Mirzayev (Turopov, 87), Bikmayev, Abduxoliqov (Gʻofurov, 61).
Gollar: Ismoilov, 42 - 0:1. Bikmayev, 65 - 0:2. Sayfiyev, 69 - 1:2. Mirzayev, 81 - 1:3.
Ogohlantirishlar: Rahmatullayev, 49. Sayfiyev, 64. Simich, 86. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar