
Toshkent shahrida davom etayotgan Gran pri bahslarining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik Hikmatulloh To‘rayev -73 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
A guruhidan bahslarga qo‘shilgan sportchi dastlab ruminiyalik Marsel Serseyani mag‘lub etib, keyingi bosqichda shvetsiyalik Tommi Masiasdan ustun keldi. Chorak finalda fransiyalik Benjamin Aksus to‘sig‘ini yengib o‘tgan To‘rayev, yarim finalda BAA vakili Viktor Skvorsovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Finalda esa o‘zbekistonlik sportchiga germaniyalik Igor Vandtke raqib bo‘ldi. Ancha og‘ir kechgan bahsda To‘rayev raqibini ippon bahosi evaziga mag‘lub etdi.
Ushbu vaznda o‘zbekistonliklardan G‘iyosjon Boboyev, Umidjon Abdullayev va Jahongir Alimardonovlar ham ishtirok etdi. Biroq ularning barchasi saralash bosqichidayoq medallar uchun kurashdan chiqishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar