Amerikalik bokschi Floyd Meyuezer yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukava bilan jangi bo‘lib o‘tishini aytdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
“Bu ko‘rgazmali jangga o‘xshash bo‘ladi, oyoq bilan hech qanday zarbalar bo‘lmaydi. Men uning atrofida 9 daqiqa yugurib yuraman. Va bu albatta, tarixdagi eng qimmatbaho ko‘rgazmali jang bo‘ladi”, deb aytgan sportchi.
5 noyabrda Rizin yapon tashkiloti bosh direktori Nobuki Sakakibara Meyuezer 31 dekabrda 20 yoshli Nasukavaga qarshi MMA qoidalari bo‘yicha ringga chiqishini ma’lum qilgan. Biroq keyinroq bokschining o‘zi yapon bilan jang qilishga rozilik bermaganini aytgan. Uning aytishicha, gap faqatgina tor doiradagi ko‘rgazmali chiqish haqida borgan. Shundan keyin Rizin muxlislardan jang atrofidagi mavhumlik uchun uzr so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi