O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tantanali ravishda avtomobil topshirildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tantanali ravishda avtomobil topshirildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodovga X'Peng rusumli avtomobillar tantanali ravishda topshirildi. Sovg‘alar B.A. Holding tomonidan futbolchilarga taqdim etildi.

Marosimda so‘z olgan Abbos Fayzullayev ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi. U bu sovg‘ani shaxsiy yutuq emas, balki butun milliy terma jamoaning mehnatiga berilgan baho sifatida qabul qilishini aytdi.

"Kichik mehnatimizni qadrlashgani uchun katta rahmat. Bu sovg‘a butun terma jamoamizning yutug‘i. Futbolni bir kishi o‘ynamaydi, bu jamoaviy natija. Kompaniyaga ham minnatdorlik bildiramiz", dedi Abbos Fayzullayev.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tantanali ravishda avtomobil topshirildi

Tadbirda futbolchilarga avtomobil kalitlari topshirildi. Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev milliy terma jamoaning so‘nggi yillardagi asosiy futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar