JCH-2026. Argentina Misrga qarshi superkambek qilib, chorakfinalga chiqdi

JCH-2026. Argentina Misrga qarshi superkambek qilib, chorakfinalga chiqdi

JCH-2026 1/8 finalida Argentina milliy jamoasi Misrni dramatik tarzda mag‘lub etdi. Ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan amaldagi chempion so‘nggi 12 daqiqa ichida uchta gol urib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Hal qiluvchi gol 90+3-daqiqada Enso Fernandes tomonidan kiritildi.

Misr Argentinani shok holatiga tushirdi

Uchrashuvning 15-daqiqasida Ibrohim hisobni ochib, Misrni oldinga olib chiqdi.

21-daqiqada Argentina hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo Lionel Messi penaltidan unumli foydalana olmadi.

67-daqiqada Ziko ikkinchi golni urdi va Misrning ustunligini yanada mustahkamladi — 0:2.

Romero kambekni boshlab berdi

Argentina uchrashuvning so‘nggi qismida bosimni keskin oshirdi.

79-daqiqada Kristian Romero hisobdagi farqni qisqartirdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Messi aniq zarba bilan muvozanatni tikladi — 2:2.

Amaldagi chempion shu bilan to‘xtab qolmadi va g‘alaba goli uchun hujumlarni davom ettirdi.

Enso so‘nggi daqiqada qahramonga aylandi

90+3-daqiqada Enso Fernandes raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Argentinaga dramatik g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Lionel Skaloni shogirdlari 0:2 hisobini 3:2 ga aylantirib, superkambek evaziga chorakfinalga yo‘l oldi.

JCH-2026. 1/8 final

Argentina — Misr 3:2

Gollar: Romero, 79; Messi, 83; Enso Fernandes, 90+3 — Ibrohim, 15; Ziko, 67.

Foydalanilmagan penalti: Messi, 21.

Argentina: Emiliano Martines, Molina (Montiyel, 73), Romero, Lisandro Martines, Talyafiko (Gonsales, 66), de Paul (Linsadro Martines, 66), Makallister, Fernandes, Paredes, Messi, Alvares.
Misr: Shobeyr, Rabiya, Ibrohim, Hani, Hafez, Ashur (Fathi, 46), Attiya, Lashin, Ziko, Saloh, Hassan (Trezege, 73).

Argentina mag‘lubiyat yoqasidan qaytdi va chempionlik xarakteri borligini yana bir bor ko‘rsatdi. Misr esa tarixiy natijaga juda yaqin kelgan bo‘lsa-da, so‘nggi daqiqalarda ustunlikni saqlab qola olmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar