Argentina va Misr futbolchilariga qo‘yilgan baholar ma’lum bo‘ldi

Argentina va Misr futbolchilariga qo‘yilgan baholar ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasi Misrni 3:2 hisobida mag‘lub etgan jahon chempionati nimchorak finalidan keyin futbolchilarning baholari e’lon qilindi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida Lionel Messi qayd etildi. Argentina sardori 9,2 ball oldi. Bu ikki jamoa futbolchilari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Argentina tarkibida Leandro Paredes ham yuqori baholandi. Uning harakatlari 8,7 ballga loyiq ko‘rildi. Enso Fernandes 8,6, Lisandro Martines va Kristian Romero esa 8,1 balldan oldi.

Rodrigo de Paulga 7,3, Nikolas Talyafikoga 7,0 ball qo‘yildi. Nauel Molina 6,8, Aleksis Mak Allister 6,5 va Xulian Alvares 6,4 ball oldi. Darvozabon Emiliano Martinesning bahosi 6,0 bo‘ldi.

Misr tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich darvozabon Mustafo Shobeyrga tegishli bo‘ldi. U 6,9 ball oldi. Ziko va Ibrohim 6,8, Hassan va Rabia 6,5 ball bilan baholandi.

Misr yetakchisi Muhammad Salohga 5,7 ball qo‘yildi. Hani 5,4 ball bilan o‘yindagi eng past bahoni oldi. Ashur va Hafezning ko‘rsatkichi 5,8 ballni tashkil etdi.

Jamoaviy o‘rtacha bahoda ham Argentina ustun keldi. Janubiy Amerika vakillarining umumiy ko‘rsatkichi 7,5 ball, Misrniki esa 6,3 ball bo‘ldi.

Argentina va Misr jamoalarining futbolchilari reytingi aks etgan taktik sxema.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar