
"Barselona" sardori Leo Messi klub rahbariyatiga bir necha futbolchini transfer qilish borasida iltimos bilan chiqdi.
"Don Balon" xabariga ko‘ra, argentinalik forvard jamoaga himoyachi Jibril Sidibe ("Monako"), hujumchi Kshishtof Pyontek ("Jenoa"), vingerlar Eden Azar ("Chelsi") yoki Muhammad Saloh ("Liverpul") kabi futbolchilardan birini olib kelish kerakligini rahbariyatga aytib o‘tgan. Ularning biri Usmon Dembelening o‘rnida harakat qiladi.
Hisoblab chiqadigan bo‘lsa, "Barselona" ushbu transferlar uchun 300 mln yevro sarflashi kerak. Biroq bu moliyaviy feyr-pleyga to‘g‘ri kelmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar