
«Liverpul» ustozi Yurgen Klopp o‘z ishiga qanday munosabatda ekanligi haqida aytdi.
«Men o‘zimni butunlay normal inson deb hisoblayman. Ha, ba’zilarga nisbatan futbolni yaxshiroq tushunaman. Bu haqiqat. Biroq, ushbu holat meni boshqalardan ajralib turishimni ko‘rsatmaydi. Shunchaki, meni omadim kelgan. Sababi 500 yil oldin hozirgi bilimlarim menga yordam bermagan bo‘lardi. Men qirol masxarabozi bo‘lib, ko‘chalarda yotib yurgan bo‘lardim balki. Eng kuchli qobiliyatlarim hozirda menga qo‘l kelayotgani haqiqatdan bu omadim. Buni har kuni qadriga yetaman. Chim ustida xokkey bo‘yicha murabbiylar bizga nisbatan vaqtini besh marta ko‘proq ishiga ajratadi. Lekin, ular men topayotgan mablag‘ning atigi 4 foizini ishlab topishadi. Men bularning barchasidan xabardorman va o‘zimga ortiqcha baho berishni istamayman», – deya qayd etgan Klopp.
Manba: Shampionat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar