Rasman: Mauritsio Sarri – «Yuventus» bosh murabbiyi

1 daqiqa o'qish2.6K
Rasman: Mauritsio Sarri – «Yuventus» bosh murabbiyi
Italiyalik murabbiy Mauritsio Sarri «Chelsi»dan iste’foga chiqib, «Yuventus» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda ikkala klub rasman ma’lum qildi.

60 yoshli mutaxassisning Turin klubi bilan shartnomasi 2022 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

«Yevropa Ligasi finalidan keyin o‘tkazgan muzokaralarimizda Sarri o‘z vataniga qaytishni qanchalik qattiq xohlayotganini aniq bildirdi. U, shuningdek, oilasi davrasida, keksa ota-onasiga yaqin masofada yashashi ham muhimligini ta’kidladi», – deya ma’lum qildi «Chelsi» direktori Marina Granovskaya.

Granovskaya Sarri va uning shtabiga bir yillik mehnat va erishilgan yutuqlar uchun tashakkur bildirish barobarida unga A Seriyadagi faoliyatida omad tilagan.

Mauritsio Sarri «Chelsi»ni bir yil oldin – «Napoli»dagi uch yillik faoliyatidan keyin qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida «ko‘klar» Yevropa ligasida g‘olib bo‘ldi; APLda 3-o‘rinni egallab, Liga kubogi finaliga chiqdi. Angliya kubogida esa jamoa nimchorak finaldan kurashni yakunladi.

Umuman, «aristokratlar» Mauritsioning qo‘l ostida jami 63ta o‘yinda maydonga tushib, 39ta g‘alaba, 13ta durang va 11ta mag‘lubiyat qayd etishdi. G‘alaba koeffitsiyenti – 61,9 foizga teng.

Tajribali mutaxassis «Yuventus»da oxirgi 5 mavsumda bosh murabbiy bo‘lib kelgan Massimiliano Allegrining o‘rnini egallaydi. U bunga qadar «Napoli»dan tashqari «Empoli», «Sorrento», «Alessandria», «Grosseto», «Peruji» kabi bir qator italyan klublarini boshqargan. O‘tgan mavsumdagi Yevropa ligasi chempionligi uning faoliyatidagi ilk sovrin bo‘lgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?