20:11 / 05.12.2019
2 488

Roy Jons Antonio Tarver bilan aqlbovar qilmaydigan miqdordagi gonorar uchun jang qilmoqchi?

Roy Jons Antonio Tarver bilan aqlbovar qilmaydigan miqdordagi gonorar uchun jang qilmoqchi?
Sobiq besh vazn toifasidagi jahon chempioni Roy Jons Entoni Joshua nima uchun Endi Ruisga qarshi jangga rozi bo‘lganligini tushuntirdi.

- Boks ishqibozlari Endi Ruis va Entoni Joshua o‘rtasidagi revansh jangini sabrsizlik bilan kutmoqdalar. Siz yaqinda britaniyalik darhol javob uchrashuvini talab qilmasligi kerakligini aytgandingiz. Bu holatda, u yangi jangga tayyor emasligiga shubha bor edimi?
- Joshua shunchaki zudlik bilan yana jangni o‘tkazishga rozi bo‘lishi uchun kamida bitta asosiy sabab bor.

- Nima?
- 85 million dollardan voz kechish gunox. Kim nima desa desin. Bu haqda o‘ylaydigan narsa yo‘q edi.

- Ammo hissiyotlar yoki qasos olish va mag‘lubiyat tasodif ekanligini isbotlash istagi haqida nima deyish mumkin?
- Men hech narsani inkor qilayotganim yo‘q. Balki shundaydir. Gap faqat mukofot pulida ham demoqchi emasman. Agar siz baribir qilishingiz kerak bo‘lgan ishni bunday pul taklif qilinganda, qanday qilib rad qilishingiz mumkin? Qaysidir ma’noda sizda bunday imkoniyat boshqa yuzaga kelmasligi ham mumkin. Agar ular Ruis, Entoni Tarverga yoki boshqa birovga qarshi ringga chiqishim uchun 85 million dollar taklif qilishsa, men javob beraman: “Qancha? Jangni tezroq boshlang, men tayyorman!, - deya intervyu bergan Jons RT ga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roy Jons Antonio Tarver bilan aqlbovar qilmaydigan miqdordagi gonorar uchun jang qilmoqchi?