«Tottenhem»dan iste’foga chiqarilgan Maurisio Pochettino ta’tilni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilayotgan Qatarda o‘tkazmoqda.
Kuni kecha Dohada argentinalik taniqli murabbiy Pochettino va yaqin o‘tmishning mashhur sobiq futbolchisi Ruud Gullit bilan uchrashib qolgan sobiq futbolchilarimiz Temur Kapadze va Server Jeparov ular bilan esdalik uchun suratga tushishdi. Bu haqda Kapadze feysbukdagi sahifasida rasm joylagan.
Ma’lumot uchun, 2020 yilning 14-31 oktabr kunlari O‘zbekistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘FA U-19 Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun, ayni kunlarda O‘FA ishchi guruhi Qatarda bo‘lib turibdi. Mutaxassislarimiz Qatarning yirik musobaqalarni o‘tkazish borasidagi tajribasini o‘rganishmoqda. Ular orasida O‘zbekiston U-19 jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze va Server Jeparov ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Sharmandaga shahar keng
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?