Germaniyaning «Shalke 04» klubi Rossiyaning «Rostov» va O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, gelzenkirxenliklar qishki transferlar oynasidayoq o‘zbek hujumchisini sotib olishni istashmoqda. Shu maqsadda klub Rossiya tomoniga barcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 15 million yevro taklif qilgan. Unga ko‘ra, «Shalke» kelishuvga erishgan taqdirda dastlab 10 million yevro to‘laydi va qo‘shimcha bonuslar bilan yana 5 million yevroni «Rostov» hisobiga o‘tkazib beradi.
Hozircha, «Rostov» vakillari bu taklifga aniq javob bermagani aytilmoqda. Ammo «Sport TV»ning instagram kanalida xabar qilinishicha, Shomurodovning nemis klubiga transfer qilinishi masalasi hal bo‘lish arafasida.
Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning yana bir jamoasi «Shtutgart» hujumchi uchun 10 million yevro berishga tayyor bo‘lib turibdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining ayni vaqtdagi narxi 6,5 million yevroni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat