
Xabaringiz bor, ayni paytda Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "S" guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Guruhni qiyinchilik bilan yakunlagan terma jamoamiz barchani xavotirga qo‘ya boshladi. Shu bois Tailandga yana bir mahalliy murabbiy chaqirtirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev Tailandga chaqirtirildi. U yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega ekanligi bois Berdiyev olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga maslahatchi sifatida jalb etilgan bo‘lishi mumkin. Ro‘ziqul Berdiyev tez orada Tailandga yetib keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar