23:05 / 02.07.2020
2 460

Ro‘ziqul Berdiyev: "Mag‘lubiyatga loyiq emasdik"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Mag‘lubiyatga loyiq emasdik"
AGMKga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyadan so‘ng (1:2) "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
Raqibimiz tajribali jamoa edi. Qolaversa ularning maydonida harakat qildik. O‘yinga keladigan bo‘lsak, jamoamiz bugun munosib o‘yin namoyish etdi. Mag‘lubiyatga loyiq emasdik, chunki keraklicha vaziyatlar yarata oldik. Lekin bugun ham, avvalgi o‘yinlarda ham omad bizdan ochiqchasiga yuz o‘girmoqda. AGMKni bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz.

"Nasaf" gollar kiritishda oqsamoqda
Futbolda faqatgina yaxshi o‘yinning o‘zi uchun ochko berilmaydi yoki jamoa jadvalda yuqoriga olib chiqib qo‘yilmaydi. Buning uchun ochko to‘plash kerak. Ochko uchun esa vaziyatlarni golga aylantirish kerak. Balki bu ruxiy tomonlama muammoga bog‘liqdir. O‘yinlarda tashabbusga ega bo‘lmoqdamiz. Munosib o‘yin ko‘rsatyapmiz. Lekin, nima uchundir bizdan omad yuz o‘girmoqda.

Bugun ko‘proq qarshi hujumlardan samarali foydalanib, himoyada mustahkam harakat qilishimiz lozim edi. Lekin penalti rejamizni buzib yubordi. Keyingi vaziyatda esa qarshi hujumda xato qildik, pozitsion himoyalanishda ham kamchilikka yo‘l qo‘ydik. O‘shandan so‘ng biz yanada ko‘proq vaziyat yaratdik. Barchangiz ko‘rdingiz, yosh futbolchimiz hattoki bo‘sh darvozaga ham gol kirita olmadi. Bu uning aybi emas. Jamoada ruhiy tayyorgarlikni yaxshilashga harakat qilamiz.

Legionerlar haqida
Hali hujumchimiz o‘yinga kirishib keta olmayapti. Bugun unga imkoniyat bergandik. O‘ylaymanki, hujumchi bundan ham yaxshiroq harakat qilishi lozim.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Mag‘lubiyatga loyiq emasdik"