10:37 / 29.08.2020
2 932

Baxtiyor Ashurmatov: "O‘yindan oldin Andrey Kanchelskis menga qo‘ng‘iroq qildi"

Baxtiyor Ashurmatov: "O‘yindan oldin Andrey Kanchelskis menga qo‘ng‘iroq qildi"
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Navbahor" o‘zim ishlagan sobiq jamoam hisoblanadi. Gapni ochig‘i O‘zbekistondagi eng hurmat qilgan jamoam bo‘ladi. Muxlislari ham ajoyib. Klub qiyin paytda ham yuqori o‘rinlar sari kurashayotgan bo‘lsada qo‘llab-quvvatlamoqda. Har bir mag‘lubiyatini o‘zinikdek qabul qiladi, g‘alaba qozonsa bayramdek nishonlaydi. "Navbahor" muxlislari xafa bo‘lishmasin, bugun ikkita bir-biriga munosib jamoa to‘p tepdi. To‘g‘ri hozir "Navbahor" oltinga teng ochkolarni yo‘qotdi.

Lekin, AGMK va biz bilan o‘yinlarda ular jangovar o‘yin namoyish etishdi. Men o‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolarni o‘rnini to‘ldirib muxlislarni xursand qilishadi. Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, "Navbahor" bunga qadar ikkinchi raqam ostida harakat qilib kelayotgan edi. Qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslik maqsadida biz ham uchrashuv boshidan ochiq futbol taklif qilmadik. Raqibni ikkinchi zonada kutib olishga harakat qildik.

Shohnazar Norbekov yordamida hujumlarni tashkil qilish rejamiz edi. Bu juda ham prinsipial ahamiyatga ega bahs edi. G‘alaba bilan barchani tabriklayman. Merzlyakov, Quvondiq Ro‘ziyev va boshqa futbochilar tayyor bo‘lmasada jangovar futbol namoyish etishmoqda. Barchalariga rahmat aytib qolaman. O‘ylaymanki bunday yigitlar bilan faxrlanaman, ularni har biri terma jamoada to‘p tepishga munosib.

To‘liq o‘ng qanot yangilanishi oldindan o‘ylangan reja edi. E’tibor bergan bo‘lsangiz avvalgi o‘yinlarda ham ikkita o‘zgarish qilgandik. Murod Holmuhammedov ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi, shu sababli qiynalmasligi uchun himoyada ham yordam bera oladigan Sardor Azimovni yoniga chiqardik. To‘g‘ri Avaz Mamatxo‘jayev, Muhammadanas Hasanov yomon o‘yin ko‘rsatishmayapti. Sardor Azimovda raqibni aldab o‘tish, standart vaziyatlar ishlash xususiyati bor. Murod Holmuhammedovni asosiy tarkibda tushirmoqchi edik. Birinchi bo‘limda raqib jamoa to‘la kuch bilan harakat qilgan paytda oxirigacha o‘ynolmasligini bildik. Xudo xohlasa keyingi turlarda u kuchga to‘lgan holatda jamoamizga yordam beradi deb o‘ylayman.

Gapni ochig‘i menga ham murabbiy sifatida o‘zimizni maydonda o‘ynagan ma’qulroq edi. Lekin, vaziyatdan kelib chiqib ish tutildi. Uyimizda jamoamiz yaxshi o‘yin namoyish etadi. Oxirgi paytlarda safarda ko‘ngildagidek to‘p tepmayotgan edik. Yigitlarga markazlashgan chempionatdagi har bir uchrashuvga oxirgi jangga chiqqandek chiqishlarini ta’kidlagandik. Hozir "Navbahor"ni holati yaxshi demasligimiz mumkin. Biroq, har bir jamoa shunday muammoga yo‘liqdi. Kimdir kasal bo‘ldi, kimdir boshqa muammolar bilan kurashdi.

Uchrashuvdan oldin Andrey Kanchelskis o‘yinni qoldirish borasida telefon qildi. Men bunga rozilik bergandim. Lekin, boshida kelishib olingan edi. 4-5ta futbolchi kasallansa ham o‘yinlar davom etishi haqida kelishgandik. Albatta, to‘rtta o‘yinda to‘qqiz ochko jamg‘ardik. Omaddan ham biri bu futbolchilarimizni oxirigacha kurashayotgani. Bizni jismoniy holatimiz zo‘r emas, yigitlar o‘zlarida qo‘shimcha kuch topa olayotganidir. O‘zlariga bo‘lgan ishonch ancha ortdi. Uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinlarga kurashish mumkinligini isbotlashdi.

Mavsum boshida rahbarlar bilan gaplashganimizda jamoa so‘ngi yillarda faqat ligada qolish uchun kurashayotgani borasida fikr bildirishdi. Asosiy vazifa jamoani jarlikdan olib chiqib ketish va hotirjamlikda chempionatni o‘tkazgan holda yuqori o‘rinlarga kurashish vazifasi qo‘yilgandi. Birinchi galda vazifamiz jamoani autsayderlar qatoridan olib chiqib ketish hamda raqobatbardosh jamoa tuzib bosqichma-bosqich shakllantirish maqsad edi. Vazifa ham hozirda jamg‘argan ochkolarimizga qarab o‘zgarishi mumkin.

"Navbahor" jamoasiga keyingi turlarda omad tilayman. Ularni muxlislarini, guruhlaridagi fikrlarini kuzatib boraman. Juda ham his-hayajonga berilishadi. Namanganlik muxlislar jamoalari yuqori o‘rinlarda yurishiga munosib. Biz bilan o‘yindan tashqari qolgan uchrashuvlarda "Navbahor" jamoasiga muxlislik qilamiz", - deydi Ashurmatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: "O‘yindan oldin Andrey Kanchelskis menga qo‘ng‘iroq qildi"