O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yirik xalqaro turnirlarga mezbonlik qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi. Xususan, O‘FA 2022 yilgi U23 Osiyo kubogini O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha OFKga so‘rovnoma yubordi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ushbu turnirning mezboni chempionatni o‘tkazish sanalarini aniqlash huquqiga ega bo‘ladi. Shu o‘rinda, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2027yilgi Osiyo kubogini yurtimizda qabul qilish bo‘yicha so‘rovni qaytarib olgan holda, Markaziy Osiyo mamlakatlari futbol uyushmalari bilan birgalikda keyingi Osiyo kubogi bellashuvlarini aynan hududiy o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, O‘FA tomonidan FIFA tasnifiga kiruvchi U17 hamda U20 jahon chempionatlarini O‘zbekistonda qabul qilish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ish olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi