Habib Nurmagomedov: 2021 yilda Toshkent, Abu-Dabi va Olmaotada EFC musobaqalari o‘tkaziladi

1 daqiqa o'qish2K
Habib Nurmagomedov: 2021 yilda Toshkent, Abu-Dabi va Olmaotada EFC musobaqalari o‘tkaziladi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni va EFC promousheni egasi Habib Nurmagomedov 2021 yilgi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Joriy yildagi so‘nggi musobaqa — EFC 31 ortda qoldi. Rizvon Kuniyev va Vladimir Dayneko o‘rtasidagi jang musobaqa bezagi bo‘ldi. Rizvonni chempionlik himoyasi bilan tabriklayman, Vladimirga esa tezroq qaytishni tilab qolaman.

Kelayotgan yil musobaqalarga juda boy bo‘ladi, shu sabab bizning ligani diqqat bilan kuzatib boring. Ishontirib aytaman, bu qiziqarli va tomoshabob bo‘ladi. Keyingi yilda ko‘rishamiz.

2021 yilning birinchi yarmida Abu-Dabi (BAA), Moskva, Krasnodar, Sankt-Peterburg, Toshkent va Olmaotada musobaqalar o‘tkazishni rejalashtirib qo‘yganmiz
», — deydi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib GFC promoushenini 1 million yevroga sotib oldi va uning nomini EFC’ga (Eagle Fighting Championship) o‘zgartirdi. Avvalroq rossiyalik yakkakurashchi Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2021 yilning may oyida Toshkentda musobaqa o‘tkazish rejasi borligini ma’lum qilgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?