2 174
Zidan: "Chelsi" munosib g‘alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman"
ECHL yarim final javob uchrashuvida "Chelsi" o‘z maydonida "Real Madrid"ni yengdi (2:0). Uchrashuvdan so‘ng matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar ustozi Zinedin Zidan ishtirok etdi.
"Tan olish lozim, bugun raqib g‘alabaga haqli edi. Biz harakat qildik, kurashdik, ammo "Chelsi" g‘alaba qozondi va finalga munosib o‘yin ko‘rsatdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga to‘liq tayyor edi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman: biz imkon qadar harakat qildik va final ostonasida to‘xtadik! "Chelsi" ajoyib o‘yin o‘tkazdi va biz buni alohida e’tirof etishimiz zarur.
Biz o‘yin davomida yaqqol vaziyatlarni deyarli yuzaga keltira olmadik. Raqibda esa bunday imkoniyatlar bo‘ldi. Endi biz dam olib, La Liga haqida o‘ylashimiz zarur.
Albatta, hech bir jamoa, hech qaysi futbolchi mag‘lubiyatdan mamnun bo‘lmaydi. Ammo biz shundoq ham turnirda uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Yarim finalda to‘xtash og‘ir, lekin ertaga biz mehnatga tayyor holda mashg‘ulotda jam bo‘lamiz", - dedi Zinedin Zidan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?