
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Igor Shkvirin fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin haqida fikrlarim qanday bo‘lishi mumkin? Muhimi g‘alaba qozondik. Gol urdik va o‘tkazib yubormadik. Uch ochko osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. Maqsadimiz xavfli xududdan uzoqlashish. Natijadan qoniqdim. Buning uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular o‘yindan oldin berilgan ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishdi. Tanaffusga a’lo kayfiyatda yo‘l olmoqdamiz. Mavsumdagi ilk g‘alaba bilan barchani tabriklayman, - deydi Igor Shkvirin.
- Davralar oralig‘ida jamoaga yangi futbolchilar keladimi?
- Albatta. Yangi futbolchilar bo‘ladi. Yaqinda transfer oynasi ochiladi. Biz mazkur yo‘nalishda ish olib bormoqdamiz. Ularning kimligini keyinroq ma’lum qilamiz. Tarkibni kuchaytirish rejamizda bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar