Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. "Observer" tarqatgan xabarga qaraganda, Shevchenkoning terma jamoa bilan shartnomasi yakunlangan va unga taklif etilgan yangi shartnoma shartlari ma’qul kelmagan.
Manbaga ko‘ra, Shevchenko murabbiylar shtabining umumiy budjetini yiliga uch million dollarga yetkazishni talab qilgan, biroq Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbariyati unga so‘ragan mablag‘ining yarmini taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasi “Yevro-2020” final bosqichida ishtirok etdi va chorak finalga qadar yetib bordi. 44 yoshli mutaxassis Ukraina terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi