
Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. "Observer" tarqatgan xabarga qaraganda, Shevchenkoning terma jamoa bilan shartnomasi yakunlangan va unga taklif etilgan yangi shartnoma shartlari ma’qul kelmagan.
Manbaga ko‘ra, Shevchenko murabbiylar shtabining umumiy budjetini yiliga uch million dollarga yetkazishni talab qilgan, biroq Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbariyati unga so‘ragan mablag‘ining yarmini taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasi “Yevro-2020” final bosqichida ishtirok etdi va chorak finalga qadar yetib bordi. 44 yoshli mutaxassis Ukraina terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar