23:35 / 04.08.2021
13 848

Tokio Olimpiadasida janjal: sportchidan ayol ekanligini isbotlashni talab qilishyapti


Foto: «Peoples.ru»
Tokio Olimpiadasida janjal. Namibiyalik sportchidan 200 metrga yugurishda qo‘lga kiritgan kumush medalini tortib olishmoqchi. Ko‘pchilik uning qiz ekanligiga shubha qilyapti.

«U ayol ekanligini isbotlasin».

Sportchilar Namibiyadan kelgan sprinter fenomeni Kristin Mbomani tekshiruvdan o‘tkazishni talab qilishmoqda. Musobaqa marrasi — 200 metr. Oxirgisi to‘g‘ri. 18 yoshli Mboma taniqli favoritlardan bir nafasda o‘zib ketdi. Ustiga-ustak, u atigi olti oy oldin sprinterga aylandi. Uning yugurish texnikasi odamni hayron qoldiradi.

«Bu mening birinchi Olimpiya o‘yinlarim. Men juda asabiylashdim, chunki men dunyoning eng yaxshi sportchilariga qarshi yugurdim. Bolalik paytlarimdayoq ularni televizorda ko‘rgandim va bir kun kelib ular bilan bellashishni orzu qilardim», — dedi Olimpiada medali sovrindori Kristin Mboma.

Qizning jinsiy rivojlanishi buzilgan. Organizmida testosteron darajasi va xromosomalar g‘ayrioddiy kombinatsiyasi erkaklarnikiga to‘g‘ri keladi va ayollarnikidan bir necha baravar yuqori. Bu esa sportchiga raqib ayollariga nisbatan sezilarli ustunlik beradi. Namibiyaning yana bir vakili Beatric Masilingi ham Tokio Olimpiadasida ishtirok etmoqda. Unga ham savollar bisyor.

Bu vaziyatda eng g‘alatisi — Xalqaro yengil atletika federatsiyasining pozitsiyasi. Bunda testosteron darajasi yuqori bo‘lgan sportchilarga 400, 800 va bir yarim ming metrlik poygalarda qatnashish taqiqlanadi. Qisqa masofalarda esa bemalol — bunday taqiq yo‘q.

Testosteron darajasini sun’iy ravishda tushirishga majbur bo‘lganlarning aksariyati afrikalik chopag‘onlar. Keling, hech bo‘lmaganda Kaster Semenya bilan bog‘liq shov-shuvli voqeani eslaylik. Uzoq davom etgan sud jarayonlaridan keyin ham u Tokio Olimpiadasida qatnashish uchun ruxsat ololmadi.

«Ayollarni interseksual xususiyatlariga ko‘ra ajratish — aparteid bilan bir xil. Ya’ni insoniyatga qarshi jinoyat. Xalqaro yengil atletika federatsiyasi ayollarning huquqlarini buzmoqda va ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda», — dedi Kamerunning BMTdagi vakili Damiyen Jorj Avumu.

Interseksual mojarodan so‘ng yangi tadqiqotlar va taqiqlar bo‘lishi hech gap emas. Rasmiylar yana bir savolga javob topishiga to‘g‘ri keladi:
«Nega testosteron darajasi yuqori bo‘lgan erkaklarga bu sanksiyalar qo‘llanilmaydi?».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio Olimpiadasida janjal: sportchidan ayol ekanligini isbotlashni talab qilishyapti