23:06 / 10.08.2021
2 870

Manba: PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga o‘tadi


Fransiya terma jamoasi hamda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real Madrid"ga o‘tishga yaqin. Jurnalist Karlos Karpioning xabar berishicha, Messi PSJga kelgach madridliklar parijliklardan qo‘ng‘iroq kutmoqda.

Agar Fransiya klubi "qaymoqranglilar" bilan aloqaga chiqmasa, Kilian yanvarda "Real" bilan shartnoma tuzadi va keyingi yozda "Real"ga bepul o‘tadi. Oldinroq PSJ Messini xarid qilsa, Mbappeni olib qololmasligi aytilgandi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, "qirollik klubi" 2022 yilni kutib o‘tirmaydi va ushbu yozning o‘zida Mbappe yoki Xolandni qo‘lga kiritadi. Klub katta shartnoma taklif etishga va "galaktiko" (yulduz)ni o‘z safiga qo‘shib olishga shay.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manba: PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga o‘tadi