Coca-Cola Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng toshkentliklar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugungi uchrashuvni turlicha ikki bo‘limdan iborat bo‘ldi deb aytgan bo‘lardim. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik va hisobda oldinga chiqib oldik. Yana gol urishimiz ham mumkin edi.
Ikkinchi bo‘limda esa maydonda keskin kurashlar ko‘zga tashlandi. Har bitta epizod kurashlarga boy bo‘ldi. Biz ko‘proq oldinga intilib yaxshiroq vaziyatlarni yaratishni istagandik. Biz yana bir gol kiritishga harakat qildik, lekin "Mash’al" ham vaziyatlarga ega bo‘ldi. Penalti bo‘lgan vaziyatda Sanjar Quvvatov g‘alabani saqlab qoldi va bizga durangdan farqli ravishda qo‘shimcha 2 ochko taqdim etdi.
- Chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng o‘tkazilgan o‘yinlarda "Paxtakor" birinchi davrajagi o‘yinlar kabi katta tashabbusga ega bo‘la olmayapti. Bu nima bilan bog‘liq?
- Bunga birinchi navbatda raqiblarni sabab sifatida ko‘rsatgan bo‘lardim. Ular bizga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda. O‘z navbatida biz qarshi hujumlar va hujumdagi ijodkorlikda yanada kuchayishimiz kerak. Aynan shu jihatlar ustida ishlaymiz.
Bundan tashqari bugun raqib keskin kurashlarga boy o‘ynadi. Hakam o‘yinni qat’iy boshqarishni istaganida dastlabki daqiqalardayoq raqib futbolchilariga 2ta kartochka ko‘rsatishi ham mumkin edi. Biroq u kurashlarga qo‘yib berdi. O‘yin shunday davom etsa, bizning jamoa ham bunga moslashib borishi kerak edi.
- "Paxtakor" bitta gol urib olgach o‘yinni biroz pasaytirmoqda. Va o‘yin oxirigacha shu hisobni saqlab qolishga intilayapti. Bu sizning taktikangizmi yoki chindan ham futbolchilarning kuchi yetmay qolayaptimi? Shuningdek, Shota Arveladze davrida jamoa hujumlarni ko‘proq qanotlar faolligi evaziga tashkil etardi. Hozirda esa asosan markazdan hujumlarni ko‘rmoqdamiz. Bu sizning o‘zgartirgan uslubingizmi?
- Bizda o‘yin falsafa oxirgi 4 yildagidek bir xil, o‘zgartirilmagan. Shota Arveladze davrida ham bunga o‘zim yordam berganman va hozirda ham shu uslubda davom etayapmiz. Lekin boshqa tarafdan raqiblar ham bizga qarshi maydonda faollik ko‘rsatishga intilmoqdalar. Qaysidir ma’noda ular buning uddasidan chiqishayapti deb hisoblasa bo‘ladi. Futbolchilar o‘zlarida jangovor kurash uchun kuch topa olishayapti. Har doim shunaqa uslubda o‘ynasak, bu biz uchun juda qiziqarli bo‘ladi.
Taktikamizda o‘zgarishlar yo‘q, biz imkoniyatini topib qanotlardan ham hujumlar uyushtiramiz. Albatta Jaloddin Masharipov kabi futbolchilar o‘yin falsafasini boshqacharoq ko‘rinishda bo‘lishini ta’minlay oladi. Bizda hozir u yo‘q, qanotlarda boshqa futbolchilar o‘ynashmoqda. Sabab shu bilan bog‘liq, Masharipov bo‘sh xududlarni yuzaga keltirardi. Shu orqali bizda gol urish imkoniyati ko‘proq bo‘lardi. Futbol shunisi bilan qiziq, avvalgi va hozirgi uslub bir xil bo‘lsa ham futbolchilarda o‘zgarish yuzaga kelma o‘yin falsafasi, surati ham boshqacha ko‘rinish olaveradi. Bu juda yaxshi xolat, chunki futbolda natijani oldindan bilsang uning qizig‘i ham qolmaydi.
- Raqib 6 kishi bo‘lib himoyalansa, "Paxtakor" vaziyatlar yaratishga qiynalmoqda. Bu haqida ham o‘ylab ko‘rilganmidi?
- Bizga qarshi raqiblar mana shunday o‘ynaganlarida oldinga chiqish orqali bo‘sh xududlar yaratishga urinayapmiz.
- Himoya chizig‘ida Anzur Ismoilov, Yegor Krimes va Vladimir Kozaklar o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Ularning sog‘ligi yaxshimi?
- Kozakning ko‘ziga infeksiya tushgan, shu sabab bugun bizga yordam bera olmadi. Anzur Ismoilov umid qilishimcha bir-ikki haftada safga qaytadi. Krimes ham operatsiyani boshidan o‘tkazib uzoqroq muddatga safdan chiqqan. O‘z navbatida bu xolat Marlen Chobanovning asosiy tarkibda tushishiga sabab bo‘ldi. Futbolchilarga mana kabi vaziyatlarda sinab olamiz. Umuman olganda bugun Marlenning o‘yinidan qoniqdim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”