Lionel Skaloni Argentina terma jamoasining taktik oʻzgarishlarini boshladi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni, afsonaviy futbolchi Lionel Messi xalqaro faoliyatini yakunlaganidan so'ng, jamoaning o'yin uslubini o'zgartirish va yangi taktik yechimlarni sinovdan o'tkazishni rejalashtirmoqda.
- Kordovada Boliviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bu o'zgarishlar uchun ilk jiddiy sinov bo'ladi.
- Messi bilan xayrlashuv o'yinidan so'ng, uning terma jamoadagi 10-raqamli libosi vaqtincha hech kimga berilmaydi.
Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni afsonaviy hujumchi Lionel Messi xalqaro faoliyatini yakunlaganidan keyingi yangi bosqichga tayyorgarlik koʻrmoqda. Goal.com xabar berishicha, murabbiy Kordovada Boliviyaga qarshi kechadigan oʻrtoqlik uchrashuvi oldidan jamoaning oʻyin uslubini tubdan oʻzgartirish va yangi taktik yechimlarni sinovdan oʻtkazish niyatida. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlumki, 39 yoshli Lionel Messi avgust oyi oxirida xalqaro miyqyosdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan edi. Shunga qaramay, u kelasi hafta «Monumental» stadionida Benin terma jamoasiga qarshi oʻtkaziladigan maxsus xayrlashuv oʻyinida rasman maydonga tushadi. Shu sababli, argentinaliklar uchun bu oʻtish davridagi ilk jiddiy sinov boʻladi.
Afsonaviy raqam vaqtinchalik egasiz qoladi
Lionel Messining terma jamoadagi ramziy 10-raqamli libosi yaqin oʻyinlarda vaqtincha egasiz qolishi maʼlum boʻldi. Lionel Skaloni Kordovadagi matbuot anjumanida bu raqamni darhol boshqa futbolchiga topshirish niyatida emasligini va afsonaviy sardor rasman xayrlashmaguncha uni hech kimga bermasliklarini tasdiqladi.«Biz bu oʻyinlar uchun raqamni majburiy ravishda kimgaadir berishimiz shart emas, shuning uchun Leoning xayrlashuv oʻyinigacha uni hech kimga taqdim etmaymiz», — deya Skalonining soʻzlaridan iqtibos keltiradi Goal.com. Shuningdek, murabbiy kelgusida bu oʻta masʼuliyatli raqamni kim kiyishini hali hal qilishmaganini qoʻshimcha qildi.
Yangi taktik izlanishlar davri
Terma jamoa safida 125 ta gol urib, mamlakat tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlib qolgan futbolchi oʻrnini egallash murabbiy uchun ulkan vazifa hisoblanadi. Skaloni jamoa endi boshqacha uslubda oʻynashga moslashishi va taktik jihatdan rivojlanishi shartligini tan olmoqda.«Biz boshqacha oʻynash yoʻlini topamiz. Oʻrtoqlik oʻyinlari aynan shuning uchun — tajriba oʻtkazish uchun kerak», — dedi Argentina ustozi. Shu bilan birga, jamoaning asosiy falsafasi maydon markazini nazorat qilishda davom etishi va shundan kelib chiqqan holda raqibga moslashishlari taʼkidlandi.






























Izohlar 0
…