05:14 / 03.04.2022
923

Denis Korostichenko: "Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoamizdan ketgach, hujum chizig‘imizda muammolar kuzatila boshladi"

Denis Korostichenko: "Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoamizdan ketgach, hujum chizig‘imizda muammolar kuzatila boshladi"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Qarshiliklar hosil qilgan vaziyatlaridan unumli foydalanishdi, biz esa yo‘q. Ishontirib aytamanki, mag‘lubiyatga qaramasdan, bizda potensial bor. Kurashishda davom etamiz.

Afsuski, Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoamizdan ketgach, hujum chizig‘imizda muammolar kuzatila boshladi. Uning o‘rniga sifatli hujumchi jalb qila olmadik. Yagona chora o‘rinbosarlar tarkibimizga murojaat qilish bo‘lib qolmoqda. Umid qilamizki, ular kuchayib borishadi va ularni asosiy tarkibga jalb qilamiz.

Bugungi o‘yin yigitlar xarakter namoyish etishgani uchun ham yoqdi. Biz kuchli klubga qarshi o‘yin o‘tkazdik", – dedi Denis Korostichenko.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Korostichenko: "Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoamizdan ketgach, hujum chizig‘imizda muammolar kuzatila boshladi"