17:34 / 05.03.2015
7 037

iPhone 6 va LG G3 MWC 2015 ko‘rgazmasida eng yaxshi smartfonlar deb e’tirof etildi

iPhone 6 va LG G3 MWC 2015 ko‘rgazmasida eng yaxshi smartfonlar deb e’tirof etildi

MWC 2015 ko‘rgazmasining bosh tashkilotchisi — Butunjahon GSM tashkiloti o‘tgan yil yakunlarini chiqarib, 36 ta yo‘nalish bo‘yicha Global Mobile Awards mukofotlari g‘oliblarini aniqladi, deb yozadi «Mobinfo.uz». Shu jumladan, tashkilot MWC 2015’dagi eng yaxshi smartfonlarni e’lon qildi.

Shu tariqa, biryo‘la ikkita qurilma — iPhone 6 va LG G3 2014 yilning eng yaxshi smartfonlari deb e’tirof etildi. Bu yo‘nalishda ularga Samsung Galaxy Note 4, HTC One M8 va Sony Xperia Z3 raqobatchilik qildi.

«Eng yaxshi arzon smartfon» yo‘nalishida Moto E g‘olib bo‘ldi, u bu yo‘nalishda Alcatel One Touch Pop C1, LG 140, Nokia Lumia 530, Xiaomi Redmi 1s’larni ortda qoldirdi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari Surface Pro 3’ni eng yaxshi planshet kompyuteri deb e’lon qildi. Microsoft’ning ushbu qurilmasiga iPad Air 2, Google Nexus 9, Samsung Galaxy Tab S 8.4, Sony Xperia Z3 Tablet Compact raqobatchilik qildi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 6 va LG G3 MWC 2015 ko‘rgazmasida eng yaxshi smartfonlar deb e’tirof etildi