
Apple Watch Ultra’ning uchinchi avlodi 2025-yil sentabr oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Yangi model 5G modemi va sun’iy yo‘ldosh aloqasi qo‘llab-quvvatlanishi bilan ajralib turadi, deb Pepelac.news xabar berdi. Bu haqda Bloomberg jurnalisti Mark Gurman ma’lum qilgan.
Sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali foydalanuvchilar mobil yoki Wi-Fi tarmog‘i yo‘q joylarda ham xabar yuborishlari mumkin bo‘ladi. iOS 18 chiqishi bilan bu imkoniyat faqat favqulodda holatlarda emas, balki oddiy matnli xabarlarni yuborish uchun ham ishlaydi.
Bu funksiya Apple Watch Ultra’ni, ayniqsa, faol hayot tarzi va sayohatni yoqtiradigan insonlar uchun muhim gadjetga aylantiradi. Apple bu imkoniyat bilan Garmin kabi raqobatchilarga qarshi bozorda o‘z pozitsiyasini mustahkamlamoqchi.
Shuningdek, Gurmanning ta’kidlashicha, Apple kelgusida Intel modemlaridan voz kechib, MediaTek’ning 5G RedCap texnologiyasini joriy qilmoqchi. Ushbu texnologiya kam energiya sarflaydigan va ayniqsa, nosila gadjetlar uchun mo‘ljallangan. Ayni paytdagi Apple Watch modellari 4G LTE tarmoqlarida ishlayotgan bo‘lsa-da, iPhone qurilmalari allaqachon 5G tarmoqlariga o‘tgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar