Pekinda sunʼiy teriga ega yangi bionik robot namoyish etildi

Pekinda Butunjahon robototexnika konferensiyasida yuz qismida yetti yilgacha xizmat qiladigan bionik teriga ega insonnoma robot namoyish etildi. Milliy libosdagi kiberpank uslubidagi qurilma an'anaviy sharqona estetika va zamonaviy robototexnika yutuqlarini birlashtirgan. Robot ko'z qisish, miltillash va yuz ifodasini o'zgartirish kabi nozik mimikalarni tabiiy tarzda takrorlay oladi. Anjumanda 300 dan ortiq kompaniya 2000 dan ziyod ilg'or ishlanmalarini taqdim etmoqda.
Pekinda boʻlib oʻtayotgan Butunjahon robototexnika konferensiyasida mutaxassislar va tashrif buyuruvchilar eʼtiborini tortgan oʻziga xos insonnoma bionik robot taqdim etildi. Anjumanda dunyoning 300 dan ortiq kompaniyasi oʻzining 2000 dan ziyod ilgʻor ishlanmalarini namoyish etmoqda, biroq ularning orasidan milliy libosdagi kiberpank uslubidagi mexanik qurilma yaqqol ajralib turibdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur robot anʼanaviy sharqona estetika hamda eng soʻnggi robototexnika yutuqlarini oʻzida mujassam etgan. Qurilmaning qoʻl qismida koʻrinib turuvchi mexanik boʻgʻinli tuzilma mavjud boʻlib, uning sovuq va qattiq detallari yumshoq milliy liboslar bilan keskin kontrast hosil qiladi hamda oʻziga xos xitoycha kiberpank obrazini yaratadi.
Bionik yuz va tabiiy mimika
Tadbir mehmonlari robotning yuz tuzilishiga alohida eʼtibor qaratishdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, uning yuzi turli xil nozik mimikalarni mukammal darajada takrorlay oladi. Shu bilan birga, koʻz qisish, miltillash va yuz ifodasining oʻzgarishi jarayoni juda silliq hamda tabiiy chiqib, inson va mashina orasidagi tafovutni sezilarli darajada qisqartiradi.Mazkur qurilmaning eng asosiy texnik yutuqlaridan biri bu uning yuz qismidagi maxsus bionik teridir. Ilgari yaratilgan sunʼiy teri turlari tez eskirish va shikastlanishga moyil boʻlgan boʻlsa, yangi material bu muammoni hal etishga muvaffaq boʻldi.
Chidamlilik va uzoq muddatli xizmat
Taqdim etilgan bionik teri materiali eskirish va qishish jarayonlariga qarshi yuqori darajada turgʻunlikka ega. Manbaga koʻra, ushbu innovatsion qoplama yetti yilgacha xizmat qilish muddatini taʼminlay oladi.Bu kabi yechimlar bionik robotlarning umumiy foydalanish davrini keskin uzaytirish imkonini beradi. Mutaxassislar bunday texnologiyalar kelgusida xizmat koʻrsatish, taʼlim va koʻngilochar sohalarda keng qoʻllanilishini taxmin qilmoqdalar.
Pekindagi koʻrgazmada namoyish etilgan mazkur ishlanma robototexnika sohasida tashqi oʻxshashlik bilangina cheklanmay, balki materialshunoslik va dasturiy taʼminot uygʻunligida ham muhim qadam tashlanganini koʻrsatib bermoqda.






























Izohlar 0
…