07:12 / 26.03.2017
5 948

iPhone SE xarid qilishning ayni fursati keldi

iPhone SE xarid qilishning ayni fursati keldi
Jahonning kuchli smartfonlari qatoridan o‘rin olgan iPhone 7 hamda Apple tayyorlayotgan iPhone 8 haqidagi shov-shuvlar soyasida ayfon brendining ajoyib «aqlli telefon»laridan biri — iPhone SE soyada qolib ketgandek. Ammo, Apple’ning bir muddat avval qabul qilgan qarori iPhone SE’ni yana diqqat-markazi maydoniga qayta olib chiqdi, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Shunday qilib, Apple kompaniyasi 4 dyuymli iPhone SE smartfonining eng kichik talqinida o‘rnatilgan doimiy ichki xotira sig‘imini 16 gigabaytdan 32 GB.ga oshirishga qaror qildi. iPhone SE taqdim qilinganida ko‘pchilik 16 GB doimiy xotiradan ranjigan edi. Aksiga olib, qo‘shimcha xotira o‘rnatish imkoniyati ham cheklangan edi. Ixcham smartfonda «Olma»ning ilg‘or A9 prosessori, 4K sig‘imli video suratga oluvchi 12 Mp bosh kamera, bir so‘z bilan aytganda iPhone 6s’ning barcha imkoniyatlari jam qilingan.

2016 yilning mart oyida taqdim qilingan iPhone SE alyuminiydan ishlangan metall korpusi, HD-kamera, barmoq izlari skaneri, Siri virtual yordamchisi, 3D Touch texnologiyasiga ega bo‘lmasa ham, tezkor va xavfsiz faoliyati bilan ko‘pchilikni o‘ziga maftun qilgan.

«Malika» savdo markazida ayni paytda iPhone SE’ning bazaviy, ya’ni 16 GB talqini 2,865,000 so‘mdan sotilmoqda. Ayfon orzusida yurganlarning ko‘pchiligi 16 GB doimiy xotira ular uchun kamlik qilishini yaxshi biladilar. Boisi bu sig‘imning kamida 4,5 gigabaytini operasion tizimdagi ilova va dasturlar egallaydi.

«Olma» oilasining ixcham a’zosi bo‘lgan iPhone SE’ning 64 GB talqini esa 3,380,000 so‘mgacha sotilmoqda. Tez orada yurtimiz smartfon bozoriga ham 2,8 million so‘m evaziga 64 GB xotirali iPhone SE kirib kela boshlaydi. Buning uchun bir oz kutish kifoya. Aytish joizki, kompaniya doimiy xotirani 32 GB.ga kattalashtirgani uchun bu ayfonning narxini oshirmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone SE xarid qilishning ayni fursati keldi