Eron 93 million aholini ikki oydan beri internetsiz qoldirdi

Eron hududida so'nggi oylardagi eng uzoq davom etayotgan internet-lokdaun kuzatilmoqda. Mamlakatning global tarmoqdan to'liq uzib qo'yilganiga 60 kun to'ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Raqamli izolyatsiya jarayoni 2026 yil 28 fevral kuni hukumat tomonidan kirish cheklanishi bilan boshlangan edi.

NetBlocks xizmati ma'lumotlariga ko'ra, blokirovka vaqti 1416 soatdan oshib ketgan. Garchi mamlakatda imtiyozli foydalanuvchilar uchun maxsus ulanish rejimlari mavjud bo'lsa-da, cheklovlarning umumiy ko'lami juda yuqori darajada qolmoqda.
Hozirda qariyb 93 million kishilik aholiga ega bo'lgan butun bir mamlakat dunyo tarmog'idan deyarli uzilgan holatda yashamoqda. Mutaxassislar ushbu holatni so'nggi vaqtlardagi eng yirik raqamli uzilishlardan biri sifatida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!