GPS va mobil internetsiz ishlaydigan transport kuzatuvi yaratildi

GPS va mobil internet barqaror ishlamaydigan, radioelektron xalaqitlar mavjud sharoitlarda ham jamoat transportini uzluksiz kuzatish imkonini beruvchi mahalliy pozitsiyalash tizimi ishlab chiqildi. “ERA-GLONASS” davlat axborot tizimi bazasidagi texnologiya avtobus va trolleybuslarning real vaqt rejimidagi harakatini yo'lovchilarga ko'rsatishga mo'ljallangan.
Suniy yoʻldosh navigatsiyasi cheklangan sharoitda va radioelektron xalaqitlar paytida ham jamoat transporti harakatini uzluksiz kuzatish imkonini beruvchi mahalliy pozitsiyalash tizimi ishlab chiqildi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, bu haqda “GLONASS” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi. Yangi texnologiya “ERA-GLONASS” davlat axborot tizimi bazasida yaratilgan boʻlib, yoʻlovchilarga avtobus hamda trolleybuslarning real vaqt rejimidagi haqiqiy harakatini koʻrsatishga moʻljallangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Sinov jarayonlari va ilk manzillar
Mazkur texnologiyani amalda sinab koʻrish boʻyicha ilk tajriba loyihasi 2026-yilning 1-sentabridan Kaluga viloyatida boshlanishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda Kaluga shahrining uchta yoʻnalishida ushbu tizim sinovdan oʻtkaziladi. Kelgusida mazkur yechimdan nafaqat jamoat transportini, balki kommunal texnikalar hamda tezkor xizmat avtomobillarini nazorat qilishda ham foydalanish koʻzda tutilgan.Yangi tizim GPS va mobil internet barqaror ishlamaydigan hududlarda ham transport vositalarining oʻrnini aniq belgilash imkonini beradi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, bu shaharlardagi transport logistikasining xavfsizligi va ishonchliligini oshirishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Texnologiyaning ishlash mexanizmi
Tizimning ishlashi maxsus texnik yechimlarga asoslangan boʻlib, transport vositalarining harakatini avtomatlashtirilgan tarzda qayd etadi:- bekonlar yaqinida marshrut koordinatalariga bogʻlangan maxsus metkalar oʻrnatiladi;
- avtobus va trolleybuslarga maxsus identifikatorlar joylashtiriladi;
- transport vositasi bekatga yaqinlashganda, tizim uning holatini qayd etadi;
- maʼlumotlar dispetcherlik platformalari, shahar xizmatlari va xarita ilovalariga uzatiladi.
Bekatlarga oʻrnatiladigan uskunalar mutlaqo avtonom tarzda ishlaydi. Loyiha rejasiga koʻra, ular besh yil davomida uzluksiz ekspluatatsiya qilishga moʻljallangan boʻlib, toʻliq mahalliy butlovchi qismlar va dasturiy taʼminot asosida ishlab chiqariladi.






























Izohlar 0
…