Anthropic 900 mlrd dollarlik baholashda 50 mlrd dollar sarmoya jalb qiladi

Anthropic kompaniyasi 850-900 milliard dollarlik baholash asosida 50 milliard dollar sarmoya jalb qilish takliflarini oldi. Dastlabki moliyalashtirish bosqichi va yakuniy baholash bo'yicha qaror may oyida bo'lib o'tadigan direktorlar kengashida qabul qilinishi kutilmoqda. Kompaniya yil davomida daromadini 30 milliard dollardan 40 milliard dollarga oshirishga muvaffaq bo'ldi va investorlar yangi sohalarga kirish imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Agar yangi sarmoya kelishuvi amalga oshsa, Anthropic OpenAI ko'rsatkichlaridan o'zib ketishi mumkin.
Claude sun'iy intellektini ishlab chiquvchi Anthropic kompaniyasi 850-900 milliard dollarlik baholash asosida 50 milliard dollar sarmoya jalb qilish bo'yicha takliflar oldi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Kompaniya may oyida bo'lib o'tadigan direktorlar kengashi yig'ilishida ushbu moliyalashtirish bosqichi va yakuniy baholash bo'yicha aniq qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Investorlarning qiziqishi juda yuqori bo'lib, kompaniyaning yillik daromadi 30 milliard dollardan oshgani ma'lum qilindi. Hozirgi kunda bu ko'rsatkich 40 milliard dollarga yaqinlashmoqda.
Daromadning katta qismi Claude Code va Cowork platformalari orqali ta'minlanmoqda. Investorlar kompaniyaning moliya va sog'liqni saqlash kabi yangi sohalarga kirish imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
Fevral oyida Anthropic 380 milliard dollarlik baholash bilan sarmoya jalb qilgan edi. Agar yangi kelishuv amalga oshsa, kompaniya o'zining asosiy raqobatchisi OpenAI ko'rsatkichlaridan o'zib ketishi mumkin.






























Izohlar 0
…