Samsung Galaxy Z Fold 7 va Z Flip 7 uchun One UI 8.5 yangilanishini chiqardi

Samsung kompaniyasi o‘zining buklanuvchi flagmanlari — Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip 7 modellari uchun One UI 8.5 operatsion tizimining yakuniy versiyasini taqdim etdi. Hozirgi vaqtda dasturiy ta’minot Janubiy Koreyada tarqatilmoqda va birinchi navbatda beta-test sinovlarida qatnashgan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi One UI 8.5 qobig‘i Android 16 QPR2 bazasida qurilgan bo‘lib, u brendning buklanuvchi smartfonlari uchun navbatdagi yirik yangilanish hisoblanadi. Tizim foydalanuvchilarga yanada optimallashtirilgan interfeys va yangi funksiyalarni taqdim etadi.
Kompaniya yangilanish boshqa hududlarga qachon yetib borishi haqida hozircha aniq ma’lumot bermadi. Biroq, Samsung’ning an’anaviy tarqatish sxemasiga ko‘ra, yaqin kunlar ichida yangilanish AQSH va Hindiston kabi asosiy bozorlarda ham paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Galaxy S25 turkumidagi smartfonlar ham One UI 8.5’ning barqaror versiyasini qabul qilib oldi. Bu Samsung o‘z flagman qurilmalarini dasturiy ta’minot bilan ta’minlash jarayonini jadallashtirganini anglatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!