iQOO 15T taqdimoti: 8000 mAs batareya va kuchli Dimensity 9500 chipi

iQOO kompaniyasi o‘zining yangi o‘yin flagmani — iQOO 15T modelini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qurilmaning rasmiy namoyishi 20-may kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Smartfonning asosiy jihati MediaTek bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va yuqori o‘yin yuklamalariga moslashtirilgan Dimensity 9500 Monster Edition chipidir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Monster super-core engine texnologiyasi bilan birgalikda yangi protsessor kadrlar barqarorligini avvalgi avlodga nisbatan 34 foizga oshiradi. Shuningdek, smartfon alohida Q3 e-sports chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u mos keluvchi o‘yinlarda 2K piksellar sig‘imi va 144 k/s tezlikda nur travirovkasini (ray tracing) qo‘llab-quvvatlaydi.
Qurilma 6,82 dyuymli 2K LTPO paneli bilan jihozlangan bo‘lib, ekran 144 Hz yangilanish tezligini taqdim etadi. Uzoq davom etadigan o‘yin seanslarida ko‘z zo‘riqishini kamaytirish uchun iQOO dumaloq polyarizatsiya texnologiyasidan foydalangan. Smartfonning avtonomligi ham alohida e’tiborga loyiq: 8000 mAs sig‘imli akkumulyator uni brendning eng uzoq vaqt ishlaydigan flagmanlaridan biriga aylantiradi.
Kamera tizimi ham yuqori darajada: asosiy 200 Mp sensor CIPA 4.5 ilg‘or stabilizatsiya tizimi va 40x gacha gibrid zum funksiyasi bilan ta’minlangan. Bu xususiyatlar iQOO 15T modelini nafaqat o‘yin ixlosmandlari, balki sifatli suratga olishni xohlovchilar uchun ham jozibador qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!