Vimpelkom xalqaro roumingda 5G xizmatini ishga tushirdi

1 daqiqa o'qish115
Vimpelkom xalqaro roumingda 5G xizmatini ishga tushirdi

Rossiyaning "Vimpelkom" operatori o‘z abonentlari uchun xalqaro roumingda 5G tarmog‘ini ishga tushirganini e’lon qildi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi avlod aloqa texnologiyasi hozirda dunyoning 30 dan ortiq davlatida, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy, BAA va AQSh kabi mashhur turistik yo‘nalishlarda mavjud. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu qamrov rouming xizmatidan foydalanadigan mijozlarning qariyb 80 foizini qamrab oladi. Dunyo bo‘ylab 5G tarmoqlari 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa-da, Rossiyaning o‘zida ushbu texnologiyani ommaviy joriy etish jarayoni hali tayyorgarlik bosqichida.

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi mamlakatda 5G tarmoqlarining to‘liq tijoriy ishga tushirilishini 2026-yilga mo‘ljallamoqda. Ayni paytda operatorlar infratuzilmani rivojlantirish evaziga chastotalarni auksionsiz olish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Rejaga ko‘ra, 2031-yilga borib Rossiyaning barcha millionli shaharlarini 5G bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?