date

Janubiy Koreyaning LetinAR kompaniyasi AI ko‘zoynaklari uchun optikani rivojlantirmoqda

Janubiy Koreyaning LetinAR kompaniyasi AI ko‘zoynaklari uchun optikani rivojlantirmoqda

Tasavvur qiling, soatiga 160 kilometr tezlikda mototsikl haydayapsiz va yo‘lda aynan qayerga burilish kerakligini ko‘rsatuvchi strelka paydo bo‘ldi. Bunda telefon yoki boshqaruv paneli shart emas, bor-yo‘g‘i dubulg‘angiz va tirnoqdek keladigan linza kifoya. Bu shunchaki konsepsiya emas, balki joriy yilning o‘zida Yevropa yo‘llarida paydo bo‘lishi kutilayotgan texnologiyadir. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

So‘nggi yillarda yirik texnologiya gigantlari ushbu sohaga katta sarmoya kiritmoqda. Meta 2023-yildan buyon AI funksiyali Ray-Ban ko‘zoynaklarini sotmoqda, Google Android XR platformasini ishlab chiqmoqda, Apple esa bozorga kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Samsung ham iyul oyida Londonda bo‘lib o‘tadigan Galaxy Unpacked tadbirida Gentle Monster bilan hamkorlikda yaratilgan ilk AI ko‘zoynaklarini namoyish etishi kutilmoqda.

Omdia tahlilchilariga ko‘ra, AI ko‘zoynaklari yetkazib berish hajmi 2025-yilda 8,7 million donani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 300 foizdan ortiq o‘sish qayd etdi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 15 milliondan oshishi prognoz qilinmoqda. Ushbu o‘sish fonida butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilar ham faollashmoqda.

Janubiy Koreyaning LetinAR startapi aynan shu yo‘nalishda muhim o‘rin tutadi. LG Electronics tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kompaniya yaqinda 18,5 million dollar sarmoya jalb qildi. LetinAR ko‘zoynakning o‘zini emas, balki tasvirni ko‘rish maydoniga uzatuvchi o‘ta kichik optik modulni ishlab chiqaradi. Aynan shu komponent ko‘zoynakning qulayligi va tasvir sifatini belgilab beradi.

Kompaniya asoschilari Jaehyeok Kim va Jeonghun Ha fikricha, AI ko‘zoynaklari kelajakning asosiy platformasiga aylanadi. Ularning maqsadi — hozirgi mavjud texnologiyalardan ham yupqaroq, yengilroq va energiya tejamkor optik modullarni yaratish orqali aqlli ko‘zoynaklar sanoatidagi eng murakkab muhandislik muammosini hal etishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Janubiy Koreyaning LetinAR kompaniyasi AI ko‘zoynaklari uchun optikani rivojlantirmoqda