Asana kompaniyasi Stack AI startapini 75 million dollarga sotib oldi

1 daqiqa o'qish306
Asana kompaniyasi Stack AI startapini 75 million dollarga sotib oldi

Ish jarayonlarini boshqarish boʻyicha yetakchi platformalardan biri boʻlgan Asana oʻzini sunʼiy intellektga asoslangan ishchi muhit sifatida namoyon etish maqsadida Stack AI kompaniyasini 75 million dollarga sotib olganini eʼlon qildi. Ushbu kelishuv doirasida Stack AI asoschilari Tony Rosinol va Bernard Aceituno ham Asana jamoasiga kelib qoʻshiladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Asana ushbu xaridni oʻzining strategik burilishi deb atamoqda va platformani "odamlar va agentlar jamoasi uchun operatsion tizim"ga aylantirishni koʻzlamoqda. Stack AI tizimi Salesforce, Slack va Gsuite kabi mavjud biznes platformalaridan maʼlumotlarni olib, murakkab ish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi agentlarni yaratishga ixtisoslashgan.

Y Combinator bitiruvchisi boʻlgan Stack AI shu kunga qadar 20 million dollarga yaqin investitsiya jalb qilgan edi. Kompaniya bozorda Zapier kabi avtomatlashtirish vositalari hamda OpenAI va Anthropic kabi yirik laboratoriyalar bilan raqobatlashib kelayotgan edi. Endilikda ushbu texnologiyalar Asana ekotizimiga toʻliq integratsiya qilinadi.

Soʻnggi yillarda Asana bir qator AI mahsulotlarini, jumladan, AI Studio va AI Teammates seriyasini taqdim etdi. Kompaniya ChatGPT paydo boʻlganidan beri bozor qiymatining yarmidan koʻpini yoʻqotgan boʻlsa-da, yangi rahbariyat inson va agent hamkorligiga asoslangan mahsulotlar orqali oʻsishga erishishiga ishonmoqda.

Asana bosh direktori Dan Rogersning taʼkidlashicha, ushbu xarid kompaniya yoʻl xaritasini tezlashtiradi. "Stack AI bizga eng murakkab biznes jarayonlarini boshidan oxirigacha agentlashtirish imkonini beradi", — deya qoʻshimcha qildi u.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?