Foto va video sifati oshadi: Huawei Mate 90 tashqi telekonverterlarga ega boʻladi

Huawei kompaniyasi boʻlajak Mate 90 seriyasi uchun zum-tasvirga olishni professional kameralar darajasiga olib chiqadigan yangi aksessuarlarni tayyorlamoqda. Insayderlarning maʼlumotlariga koʻra, flagman qurilmalar tashqi telekonverterlarni — smartfon kamerasiga oʻrnatiladigan qoʻshimcha optik modullarni qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Fixed Focus Digital nashrining taʼkidlashicha, Huawei optik yaqinlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish uchun yangilangan yechimlar ustida ishlamoqda. Odatiy raqamli kattalashtirishdan farqli oʻlaroq, telekonverter fokus masofasini jismoniy jihatdan oʻzgartiradi va sifatni sezilarli darajada yoʻqotmagan holda teleobektiv imkoniyatlarini kuchaytiradi.
Bunday konsepsiyadan foydalanish uzoqdagi obektlarni — konsertlar, sport musobaqalari va peyzajlarni tasvir detallarini saqlab qolgan holda suratga olish imkonini beradi. Avvalroq shunga oʻxshash yechimlar Vivo smartfonlari uchun ham chiqarilgan edi.
Maʼlumot oʻrnida, Fixed Focus Digital avvalroq HarmonyOS operatsion tizimining kompyuter versiyasi tafsilotlari bilan boʻlishgan, yangi iPhone SE4 suratlari va Huawei Pocket 2 renderlarini tarqatgan, shuningdek, Apple kompaniyasi buklama iPhone ustidagi ishni toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!