Kiberjinoyatchilar avtomobillardagi Android tizimlariga hujum boshladi

1 daqiqa o'qish75
Kiberjinoyatchilar avtomobillardagi Android tizimlariga hujum boshladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Kasperskiy laboratoriyasi mutaxassislari avtomobillardagi Android boshqaruv qurilmalariga qaratilgan ilk yirik ko'p bosqichli zararli kampaniyani aniqladi.
  • Hujum DoFun dasturiy ta'minotidan foydalanuvchi qurilmalarning proshivkasini yangilash mexanizmi orqali amalga oshirilgan va jinoyatchilar TWCore ilovasidan foydalanib, JarService yuklab beruvchisini tarqatgan.

Avtomobillarning ko‘ngilochar va axborot tizimlari kiberjinoyatchilarning yangi nishoniga aylandi. «Лаборатория Касперского» mutaxassislari avtomobillardagi Android boshqaruv qurilmalariga qaratilgan ilk yirik ko‘p bosqichli zararli kampaniyani aniqlashdi. Mazkur xavfsizlik hodisasi doimiy ravishda internet tarmog‘iga ulanuvchi zamonaviy avtomobillar ham kiberhujumlar ostida qolishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tadqiqotchilarning maʼlumot berishicha, zararli dasturiy taʼminotning tarqalishi DoFun dasturiy taʼminotidan foydalanuvchi qurilmalarning proshivkasini yangilash mexanizmi orqali amalga oshirilgan. Jinoyatchilar tahlil va yangilanishlarni o‘rnatishga mo‘ljallangan tizimdagi TWCore ilovasini suiisteʼmol qilgan holda, qurilmaga JarService yuklab beruvchisini yetkazib berishga muvaffaq bo‘lgan.

Zararli dasturning ishlash mexanizmi

Qurilmaga o‘rnatilgach, zararli dastur hech qanday tashqi interfeysni ko‘rsatmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fonda ishlagan. U o‘z faoliyati davomida foydalanuvchiga keraksiz reklamalarni namoyish etish, reklama xizmatlari bilan bog‘liq firibgarlik amaliyotlarini bajarish hamda qo‘shimcha zararli modullarni yashirincha yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Shuningdek, hujumchilar avtomobil multimedia tizimi orqali turli maxfiy maʼlumotlarni yig‘ishgan. Xususan, qurilmaning aniq modeli, ekran o‘lchami, Wi-Fi tarmog‘ining identifikatori hamda MAC-manzili kabi shaxsiy va texnik maʼlumotlar xavf ostida qolgan.

Xakerlar ortidagi izlar va xavfsizlik choralari

Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, ushbu xavfli hujum ortida avvalroq BadBox botneti bilan aloqadorligi aniqlangan MoYu guruhi turgan bo‘lishi mumkin. Mazkur kiberguruh avvalroq turli Android qurilmalari, jumladan, televizor pristavkalari va mobil texnikalarni zararlashi bilan tanilgan edi. Yangi kampaniya esa bu kabi xavflar avtomobilsozlik sanoatiga ham faol kirib kelayotganini ko‘rsatdi.

Mazkur tahdid aniqlangandan so‘ng, tegishli dasturiy taʼminot yetkazib beruvchisi darhol xabardor qilingan va muammo bartaraf etilgani maʼlum qilindi. Biroq mutaxassislar avtomobillardagi multimedia tizimlari doimiy ravishda tarmoqqa ulanganligi sababli, ishlab chiqaruvchilar kiberxavfsizlik masalalariga yanada jiddiy yondashishi lozimligini eslatib o‘tishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?