
2018 yil 10 sentyabrdan 2018 yil 30 sentyabrgacha Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bugungi kunda mavjud telefon raqamini terishdan oldin “71” kodini terish kerak, deb xabar bermoqda “O‘zbektelekom”.
Misol: Eski raqam 278xxxx -Yangi raqam 71 278xxxx
10.09.2018 yildan 11.09.2018 yilgacha “BUZTON”, “EAST TELECOM”, “SARKOR TELECOM”, “SHARQ TELECOM” operatorlar tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Telefon raqamini terishdan oldin “78” kodini terish kerak.
Misol:
Eski raqam “BUZTON” 120xxxx, yangi raqam – 78 120xxxx
Eski raqam “EAST TELECOM” 150xxxx, yangi raqam – 78 150xxxx
Eski raqam “SARKOR TELECOM” 122xxxx, yangi raqam – 78 122xxxx
Eski raqam “SHARQ TELECOM” 113xxxx, yangi raqam – 78 113xxxx
10.09.2018 yildan 11.09.2018 yilgacha mobil operatorlar tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Mobil telefon raqamini terishdan oldin uyali kompaniyaning kodini terish kerak.
Misol:
Beeline - Eski raqam 956xxxx – yangi raqam 90 956xxxx
Eski raqam 132xxxx – yangi raqam 91 132xxxx
UMS - Eski raqam 426xxxx – yangi raqam 97 426xxxx
Perfectum - Eski raqam 115xxxx – yangi raqam 98 115xxxx
Uzmobile - Eski raqam 899xxxx – yangi raqam 99 899xxxx
Eski raqam 195xxxx – yangi raqam 95 195xxxx
UCELL - Eski raqam 381xxxx – yangi raqam 93 381xxxx
Eski raqam 630xxxx – yangi raqam 94 630xxxx
“Iltimos, chaqirilayotgan abonent raqamini terayotganda e’tiborli bo‘ling, shuningdek keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar