O‘zbekistonda “ChETRA“ brendi ostida traktorlar ishlab chiqariladi. Bu haqda ayni paytda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik I Forumining sho‘’ba majlisida ma’lum qilindi.
- O‘zbekiston — iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlat, - dedi Rossiyaning “Promtraktor” MChJ bosh direktori Vladimir Antonov. - Biz hamkorlikda yurtingizda traktorlar, shuningdek, zanjirli ekskavatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Bizning kompaniyamiz 1975 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u yiliga 27,5 mingta texnika, jumladan, yetti modeldagi buldozerlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
“O‘zbekiston - Rossiya hududlararo hamkorlikning yangi bosqichi: loyihalar va klasterlar“ mavzusidagi mazkur sho‘’ba majlisida O‘zbekiston hududlarining sanoat salohiyati, erkin iqtisodiy zonalarda chet ellik investorlarga taqdim etiladigan imtiyozlar, klaster usulida tashkil etilgan zamonaviy ishlab chiqarish majmualari haqida ma’lumotlar berildi. O‘z navbatida, Rossiyada xuddi shu yo‘nalishdagi islohotlar bilan tanishildi.
Yakunda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Rossiya klasterlar va texnoparklar assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»