«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet-xizmatlar tariflarini pasaytirdi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2014 yil 29 dekabrdan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s. uchun 265,79 dollarga pasaytirdi, Bu haqda «12news.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Joriy yilda tariflar bir necha marta pasaytirildi. Jumladan, 1 Mbit/s. uchun tarif 4 iyundan 306,04 dollar, 4 iyuldan 303,51 dollar, 29 avgustdan 299,22 dollar, 11 sentyabrdan esa 286,74 dollar etib belgilangan. «O‘zbektelekom» 4 dekabrdan tariflarni 1 Mbit/s. uchun 276,27 dollarga pasaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda provayderlar uchun internet-xizmatlar tariflari besh marta pasaygan. 2013 yil yanvarda 1 Mbit/s. qiymati 409 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, dekabrda 322 dollar qilib belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing